avatar
Куч
20.74
Рейтинг
+8.93

Солиев Бахтиёр Ибодович

Мақолалар

Shahidlar yodi

Блог им. baxt81
Munis onaShahidlar yodi
Ular… minglab, balki milyon edilar,
Yashashga tug’ilgan inson edilar,
Shirin jon edilar, iymon edilar,
Hali ushalmagan armon edilar.
Nogoh, changal urib dahshatli balo,
Ularni shu kunga etdi mubtalo,
Sirti xo’p yaltiroq, asli ajdaho,
Sochdi g’azabini-yovuz va yuho…
Ayblarin bilmasdan hayron edilar.
Ayblari emish xalqiga dushman,
Ularga yot emish shu yurt, shu gulshan,
Qalb-u fikrlari emish chirk, tuban-
Vatanni to’ntarib tashlashga tuban-
Ahd etgan, go’yokim nodon edilar.
Dillarni titratur jaxoniy olam,
Ruhlar chirqirashin tinglaymiz har dam,
Bu dardni yozganda toqatsiz qalam-
Shaharim, qishlog’im, chamanim, dalam-
Ular Qodiriy va Cho’lpon edilar.
Vale, bu dunyoda oliy hakam bor,
O’shal qudrat erur mangu ustuvor,
Shahidlar bong urib har shomu shahar,
Bizni ogoh etar, bo’ling deb xushyor,
Ular xalqimizga qalqon edilar,
Abadiy barhayot vijdon edilar.Davomini o'qish

VATAN

Блог им. baxt81

Vatan haqida


 


 


Aziz o‘quvchi, biz Vatan so‘zini ko‘p eshitamiz. Lekin uni ta’riflash, barcha xususiyat va alomatlarini toiiq bayon etishga qiynalamiz. Chunki Vatan — g‘oyat ulug‘ tushuncha. Uning ma’no- mazmuni, qadri va ahamiyatini ba’zan so‘z bilan ham ifoda etib bo‘lmaydi. Ona yurtni buyuk muhabbat bilan sevgan, butim hayotini uning mustaqilligi, yuksak taraqqiyoti uchun baxshida etgan insonlargina Vatanni bor ko‘rk-u tarovati, qudrati va jozibasi bilan ta’riflab bera oladi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ana shunday ulkan mehr bilan go‘zal diyorimizni quyidagicha ta’riflaydi: «Albatta, jahon — keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakka-yu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan. Mana shu ulug‘ tuyg‘u har birimizning dilimizga jo bo‘lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishini istardim».

8-MART

Блог им. baxt81

Aziz yurtimiz ayollari sizlarni «8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami» bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Bahor gullaridek doimo ochilib yurin. Chehrangizdan doimo tabassum arimasin. Siz ayollar borki olam munavvar.


Bu tabrik Buxoro viloyati G'ijduvon tumani 45-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasidan. 

Zulfiya-muhabbat va sadoqat timsoli

Блог им. baxt81

                    Zulfiya-muhabbat va sadoqat timsoli


Ayol……uning zuvalasini tangri taolloning o’zi sabru bardosh,andishayu o’ktamlik,siru sehrning achchiq,shirin suvlari bilan omuhta qilib yaratganmi? Yer yuzida hayotning davom etishi,olam ichra olamlar-xonadonlarda umid chiroqlari o’chmasligi uchun,ko’ngillar xotirjamligi,farog’ati,xarorati so’nmasligi uchun o’tdan kirib suvdan chiqadi ayol. Bularning evaziga faqat bir qutlug’ ne’mat-Muhabbat kutadi. Shu bois ham ayol o’zining bor husnu,maloxatini,umrini ma’naviy javoxirlarini muhabbatga nazira etadi. Ammo mo’jaz soz yanglig’ vujudida tarang tordek titrab,jaranglab turgan muhabbatning bevaqt hazon bo’lishi…


Qismat Zulfiya umrining Hamid Olimjon bilan kechgan qariyb o’n yillik bo’lgani muhabbatning bekam baxti bilan siyladi. Ammo…,,Hamid Olimjon olovli va kutilmagan bir fojia tufayli go’yo yonib ketdi-yu,Zulfiyaxonim ham o’sha otashda barobar yondi’’


Zulfiya opa 1944-yil 3-iyul kunida boshiga tushgan ayriliq musibatini mardonavor ko'tardi. Hamid Olimjonning fojiali halokati uning hayotini ostin-ustun qilib yubordi, lolu karaxt qildi. Bunday ayriliq iztiroblari olovida kuyib, qul bo’lib, qaqnusday qayta tirilish oson emasdi. O’sha mudhish kechada peshonamda bir tutam sochim oppoq qorday oqargan, derdilar opa. Qo’limda qalamni mahkam ushlab, ikki kishi uchun yashab, ishlashim kerak edi, derdilar. Lekin Zulfiya dardu dilini hammadan ko’proq qalamiga ochdi, hijron qiynoqlari, iztiroblarini, sog’inchlarini she’rlariga to’kdi.


 

Vosil Qobilov

Блог им. baxt81


O'zbekistonda kibernetika maktabining asoschisi Vosil Qobulov (1921-2010) taniqli matematik., fizika-matematika fanlari doktori, professor, 1966-yildan O'zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi. 1949- yilda u Toshkent Temir yo'liar muhandislari institutini tugatgan. 1949—50- yillarda Chorjo'y — Qo'ng'irot temir yo'l qurilishida ishlagan. 1950—52- yillarda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Inshootlar institutida aspirant, 1952—57- yillarda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutining hisoblash texnikasi laboratoriyasi mudiri, 1963—1966-yiUarda O'zFAning hisoblash markazli Mexanika instituti direktori lavozimlarida ishladi.


1966-1977- yillarda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Kibernetika instituti direktori, 1978- yilda mazkur institut O'zbekiston Fanlar Akademiyasining «Kibernetika» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirilgach, u bosh direktori lavozimlarida ishlagan.


Vosil Qobulov doktorlik dissertatsiyasini «Elastiklik va plastiklik di-namik nazariyaning bir va ikki o'lchovli ba'zi masalalari» mavzusida yoq-lagan. Ilmiyfaoliyati hisoblash texnikasinj fan. texnika va xalq xo'jaligining turli sohalariga joriy etish bilan bog'liq. Xususan, ilmiy ishlari yaxlit muhit mexanikasini algoritmlash, avtomatik boshqarish sistemalarini ishlab chiqish, iqtisodiy kibernetika va boshqa masalalarga oiddir.


U bir qancha xalqaro tashkilotlar a'zosi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. 1998- yili O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Farmonvga ko'ra Vosil Qobulov «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

Ziyo nurlariga mushtarak yurak

Блог им. baxt81

Inson bolasi tug’ulibdiki hamisha ezgulik, nurga, ziyoga talpinib yashaydi. Balki shuning uchun ham yaxshilik go’zal xulq, insoniylik bizning qon-qonimizga, jismu-jonimizga singib ketgandir. Aslida yaxshilik,ezgulik,odamiylik singari buyuk tushunchalar uyg’oq yuraklardagina mushtarak yashaydi. Bu mushtarak tuyg’ular esa faqatgina xokisor,kamtar insonlar qalbida kamol topadi. Bir donishmand “Buyuklarning buyukligi ularning xokisorligidadir” deganida ham yuqoridagi fikirlarimiz aks etgan bo’lsa ne ajab!


Maqolamiz qahramoni ham o’zining go’zal xulq atvori, xokisor va kamtarligi, jonkuyar va fidoiyligi bilan o’zing uyg’oq qalbi atrofida ko’plab yoniq yuraklarni birlashtiraolgan insondir.


Shahrimizdagi 45-maktab sardori ustoz Rafael Ortiqovich Rahmatov bugun tabarruk 60yoshda. Umrini ma’rifatga ezgulik va fidoiylikda baxsh etgan ustoz 1991-yildan beri 45-maktab jamoasiga raxbarlik qilib kelmoqdalar. Mana qariyb 23 yildirkim, ustozning fidoiyligi talabchanligi asosida 45-maktabning o’qituvchi va o’quvchilari ijtimoiy hayotimizning turli jabhalarida ko’plab yutuqlariga erishib kelmoqdalar.


Biz 45-maktab o’qituvchi va o’quvchilari nomidan mehribon ustozimiz Rafael Ortiqovich Raxmatovni qutlug’ yosh bilan chin dildan va samimiy muborakbod etamiz! Hurmatli ustoz maorif nurlaridan nurafshon qalbingizga hech qachon ko’z tegmasin. Aziz boshigiz omon shogirdlar iqbolidan suyungan chehrangizdagi tabassum umriboqiy bo’lsin.